Yoshlar kuni — yangi imkoniyatlar kuni!

Yangiliklar 09-04-2026 8

Termiz davlat universitetida Yoshlar kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori A. Norov ishtirokida talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi, taklif va tashabbuslarini bevosita yetkazish imkoniga ega bo‘lishdi.

Eng muhim jihati — talabalar tomonidan ilgari surilgan biznes g‘oyalar qo‘llab-quvvatlanib, ularni amalga oshirish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilandi.