✅Bugun erta tongdan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyati partiya tashkiloti tashabbusi bilan Termiz shahrida Velomarafon hamda yugurish sport musobaqalari o‘tkaziladi.
🚴♂️Velomarafon soat 07:00da, 🏃🏻♂️Yugurish marafoni 07:20 da Termiz shahridagi Surxon sport majmuasidan start oladi.
Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida ayollar forumi ham o‘tkazildi.
Forum doirasida 🟢sport musobaqalari, 🟢5000 qadam yurish aksiyasi hamda 🟢 “Tozalik va ozodalik oyligi” doirasida “Plogging” aksiyalarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Eʼtiborli tomoni bu tadbirlarga TerDUning talaba-yoshlari o‘z tashabbuslari bilan faol ishtirok etishmoqda.
Atrof-muhit va ona tabiatimizga befarq bo‘lmagan barcha yurtdoshlarimiz hamda yoshlarni ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.