TERDUDA REKTORNING SAYYOR QABULI ÖTKAZILDI

Yangiliklar 13-11-2026 17

🟢13-noyabr kuni Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toşqulov professor-öqituvçilar, xodimlar va talabalar uçun sayyor qabul ötkazdi. Oçiq muloqot davomida iştirokçilarning 10 dan ortiq murojaat, taklif va taşabbuslari tinglandi. Kötarilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi hamda ularning ijrosini nazoratga oliş topşirildi.

🟢Ta’kidlaş joizki, joriy yilning 14-oktabridan universitet rektoriga töğridan-töğri murojaat qiliş imkonini beruvçi maxsus Telegram kanali faoliyati yölga qöyilgan.

🟢Kanal orqali kelib tuşayotgan murojaatlar sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida tizimlaştirilib, tegişli mas’ullarga yönaltirilmoqda va ijrosi nazorat qilinmoqda.

🟢Universitetda professor-öqituvçilar, xodimlar va talabalar bilan oçiq muloqotni kuçaytiriş, ularning muammolarini öz vaqtida hal etiş hamda har bir murojaat böyiça amaliy natijaga erişişga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.