“Munozara – 2026” respublika debat tanlovining finalchilari aniqlandi!

Yangiliklar 13-11-2026 49

Oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Munozara” respublika debat tanlovining yarim final bosqichi yakunlandi.
Keskin va murosasiz bahslarda 4 ta jamoa o‘zaro bellashib, yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi jamoalar final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi:
↪️“Surxon yoshlari” – Termiz davlat universiteti;
↪️“Elita” – “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti.

🥉3-o‘rin uchun kechadigan bahsda esa quyidagi jamoalar o‘zaro kuch sinashadi:
➡️“The Best” – Toshkent davlat tibbiyot universiteti;
➡️“Avicenna” – Samarqand davlat tibbiyot universiteti.

Hal qiluvchi bahslar bugun tushlikdan so‘ng davom etib, tanlovning g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi.
🏆 G‘olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi bugun soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi.