«Biz tahsil olayotgan taʼlim muassasida korrupsiyaga oʻrin yoʻq»

“Korrupsiyaga qarshi kurash” rukni 30-10-2026 13

Termiz davlat universitetida «Biz tahsil olayotgan taʼlim muassasida korrupsiyaga oʻrin yoʻq»  mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi.

Joriy yilning 19-20-oktyabr kunlari Sport faoliyati, Kimyo va Iqtisodiyot fakultetlari 1-kurs talaba yoshlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosobatni shakllantirish, ularga “halollik vaksinasi”ni singdirish, ularning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilim va koʻnikmalarini oshirish hamda huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida «Biz tahsil olayotgan taʼlim muassasida korrupsiyaga oʻrin yoʻq» mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi. Tadbirlarda ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (OʻRQ-419-son, 3.01.2017-y.) va “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi (OʻRQ-931-son, 5.06.2024-y.) Qonunlarining, “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (PF-71-son, 21.04.25 y.) Prezident Farmonining, “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari mustaqilligini taʼminlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (PQ–147-son, 21.04.25 y.) va “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (PQ-228-son, 21.06.2024-y.) Prezident Qarorlarining, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 829-sonli qarori hamda boshqa korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qabul qilingan meʼyoriy hujjatlarning mazmun — mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan tayyorlangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati” oʻquv kursida Termiz davlat universiteti talabalarining taʼlim olishlari tashkil etildi.

Joriy yilning oktyabr oyida Yosh avlod ongiga halollik kadriyatlarini singdirish va korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan tayyorlangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati” oʻquv kursida universitetning 235 nafar 1-kurs talabalari quyidagi mavzular boʻyicha oʻqitildi. Jumladan:

- Korrupsiya nima?, Korrupsiyaning qanday turlari bor?, Korrupsiyaning sabablari va uning salbiy oqibatlari.

- Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari.

- Korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, Korrupsiyaga oid jinoyatlar (korrupsiyaga oid maʼmuriy javobgarliklar va jinoyatlar).

- Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 829-sonli qarori mazmun mohiyati.

Oʻquv kurslarini oʻqitish jarayonida asosiy eʼtibor — talabalar orasida korrupsiyaga nisbatan huquqiy ong va madaniyatni shakllantirishga, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha huquqiy bilimlarini oshirishga, korrupsiyaning turlarini, ularning kelib chiqish sabablari va salbiy oqibatlarini, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini tushuntirishga, korrupsiyaga oid maʼmuriy huquqbuzarliklar va jinoyatlar xususida maʼlumotlar berishga qaratildi hamda jinoyat uchun jazo muqarrarligi haqida taʼkidlab oʻtildi.

Termiz davlat universiteti Harbiy tayyorgarlik oʻquv Markazi rahbariyati, xodimlari va talabalari bilan «Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning burchimiz!» mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi.

Joriy yilning 19-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining “Kiberkorrupsiyaga qarshi samarali kurashish boʻyicha mustahkam huquqiy baza yaratishga doir chora-tadbirlarni belgilash toʻgʻrisida” 2025-yil 25-martdagi 04/4-03-01/17-sonli qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”da Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuklatilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan NAZORAT-REJAsi 3-bandiga (1-ilova 12-band) hamda universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimining 2026/2027 oʻquv yilida amalga oshiriladigan CHORA — TADBIRLAR REJASIga asosan yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish boʻyicha universitetning Harbiy tayyorgarlik oʻquv Markazi rahbariyati, xodimlari va talabalari bilan «Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning burchimiz!» mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan qonunlar, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari hamda ularning ahamiyati tushuntirildi.

Termiz davlat universitetida «Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi!» mavzusida «Stop_korrupsiya» xeshtegi ostida chellendj tadbirlari amalga oshirildi.

Joriy yilning 19-22-oktyabr kunlari Termiz davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti bilan xamkorlikda universitetning Sport faoliyati, Iqtisodiyot, Fizika-matematika, Xorijiy filologiya va Axborot texnologiyalari fakultetlari talaba yoshlari orasida «Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi!» mavzusida «#Stop_korrupsiya» xeshtegi ostida chellendj tadbirlari amalga oshirildi.

Ushbu tadbirlar professor — oʻqituvchilar, tyutorlar va talaba yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida huquqiy bilimlarini oshirish, ularning korrupsion jarayonlar ishtirokchisiga aylanib qolishi kabi noxush holatlarning oldini olish, ularda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish hamda halollik, adolat, vijdon va qonun ustuvorligini targʻib etish, shuningdek, talabalarni jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini egallashga undash maqsadida tashkil etildi.

Tadbirlarda professor-oʻqituvchilar, tyutorlar va talaba yoshlar oʻz pozitsiyalarini ochiq ifoda etib, jamiyatda adolat va shaffoflikni targʻib qilishga chaqiruvchi plakatlar bilan qatnashishdi hamda ushbu tadbirlar universitetning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida keng yoritildi.