Termiz davlat universiteti fakultetlarida tashkil etilgan “Halollik toʻgaragi” aʼzolari bilan “Qonunga hurmat va halol mehnat qadri” mavzusida uchrashuvlar oʻtkazildi

“Korrupsiyaga qarshi kurash” rukni 30-09-2026 18

Joriy yilning sentyabr oyida Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashning 2026-yil 10- martdagi yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan korrupsiyaning oldini olish yuzasidan 2026-yilga moʻljallangan harakatlar rejasida belgilangan choratadbirlarning ijrosini barvaqt va sifatli taʼminlash boʻyicha kalendar-jadvali ijrosi yuzasidan CHORATADBIRLAR REJASI 1-bandi (7-band) va Termiz davlat universiteti rektorining 2026-yil 20-apreldagi 90-U-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash hamda universitet talabalari orasida halollik, akademik poklik va korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni va “Halollik madaniyati”ni tizimli shakllantirish maqsadida oliygoh fakultetlarida tashkil etilgan “Halollik toʻgaragi” aʼzolari bilan “Qonunga hurmat va halol mehnat qadri” mavzusida uchrashuvlar oʻtkazildi.

Tadbirlarda ishtirokchilarga: Qonun — jamiyatda tartib, adolat va inson huquqlarini taʼminlovchi muhim mezonligi. Qonunga hurmat faqat uni buzganlik uchun jazodan qoʻrqish emas, balki belgilangan qoidalarga ongli ravishda amal qilish, oʻz huquq va majburiyatlarini bilishdan iboratligi. Talaba hayotida qonunga hurmat, avvalo, universitetning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish, boshqalarning huquqlarini hurmat qilish va taʼlim jarayonida halollik tamoyillariga amal qilishda namoyon boʻlishi. Halol mehnat esa insonning eng katta qadriyatlaridan biri ekanligi. Talaba uchun halol mehnat — darslarga masʼuliyat bilan tayyorlanishi, mustaqil bilim olishi, imtihon va nazorat ishlarini oʻz kuchi bilan bajarishi, koʻchirmachilik va aldovdan voz kechishi ekanligi taʼkidlab oʻtildi.

Termiz davlat universitetida “Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga toʻsiq” va “Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi.

Joriy yilning 22-24-sentyabr kunlari Xorijiy filologiya, Fizika-matematika, Axborot texnologiyalari va Yuridik fakultetlari 1-kurs talaba yoshlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosobatni shakllantirish, ularga “halollik vaksinasi”ni singdirish, ularning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilim va koʻnikmalarini oshirish hamda huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga toʻsiq” va “Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi.

Tadbirlarda ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (OʻRQ-419-son, 3.01.2017-y.) va “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi (OʻRQ931-son, 5.06.2024-y.) Qonunlarining, “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir choratadbirlar toʻgʻrisida”gi (PF-71-son, 21.04.25 y.) Prezident Farmonining, “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari mustaqilligini taʼminlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (PQ–147-son, 21.04.25 y.) va “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (PQ228-son, 21.06.2024-y.) Prezident Qarorlarining, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 829-sonli qarori hamda boshqa korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qabul qilingan meʼyoriy hujjatlarning mazmun — mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan tayyorlangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati” oʻquv kursida Termiz davlat universiteti talabalarining taʼlim olishlari tashkil etildi.

Joriy yilning sentyabr oyida Yosh avlod ongiga halollik kadriyatlarini singdirish va korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida Vazirlik huzuridagi Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish instituti hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamkorligida mk.bimm.uz platformasida ishlab chiqilgan (https://mk.bimm.uz/courses/oliy-talim-muassasalarida-komplayens-nazorat-tizim) “Oliy taʼlim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish” masofaviy kursida va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan tayyorlangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati” oʻquv kursida universitetning 264 nafar 1-kurs talabalari quyidagi mavzular boʻyicha oʻqitildi. Jumladan: - Korrupsiya nima?, Korrupsiyaning qanday turlari bor?, Korrupsiyaning sabablari va uning salbiy oqibatlari. - Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari. - Korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, Korrupsiyaga oid jinoyatlar (korrupsiyaga oid maʼmuriy javobgarliklar va jinoyatlar). - Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 829-sonli qarori mazmun mohiyati.

Oʻquv kurslarini oʻqitish jarayonida asosiy eʼtibor — talabalar orasida korrupsiyaga nisbatan huquqiy ong va madaniyatni shakllantirishga, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha huquqiy bilimlarini oshirishga, korrupsiyaning turlarini, ularning kelib chiqish sabablari va salbiy oqibatlarini, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini tushuntirishga, korrupsiyaga oid maʼmuriy huquqbuzarliklar va jinoyatlar xususida maʼlumotlar berishga qaratildi hamda jinoyat uchun jazo muqarrarligi haqida taʼkidlab oʻtildi.