DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

Yangiliklar 07-04-2026 3

Termiz davlat universiteti “Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasi o‘qituvchisi Xasanova Kamila Baxtiyorovna Namangan davlat universiteti  huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda “Сопоставительное исследование заимствованной этнографической лексики в узбекском и английском языках (на материале медиатекстов XXI века)”  mavzusidagi “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan dissertant Kamila Baxtiyorovnani ushbu yutug‘i bilan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!