Termiz davlat universiteti Psixologiya yo‘nalishi talabalari uchun Respublika ilmiy-amaliy “Psixologik markaz” bilan hamkorlikda seminar tashkil etildi.
Unda markaz bosh direktori G‘. Amanov bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, kasbiy rivojlanish hamda amaliy tajriba orttirish imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, soha bo‘yicha camplar, volontyorlik faoliyati va startap loyihalar yuzasidan o‘z takliflarini bildirishdi.