Aziz vohadoshlar! Qadrli futbol muxlislari! Barchangizni soat 16:00 da Surxon sport аrenasiga chorlaymiz!
Proliga bahslarida viloyatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan yagona jamoa — TerDU maydonga tushadi. Raqib — Qashqadaryoning “Lochin” jamoasi.
Bugun har bir ovoz — kuch! Har bir olqish — ruh! Har bir muxlis — jamoaning 12-o‘yinchisi!
Unutmang, stadionda yangragan sizning qo‘llab-quvvatlashingiz futbolchilarimizni g‘alaba sari yetaklaydi! Ular maydonda kurashadi — siz tribunada ilhom bag‘ishlaysiz!
Bahor nafasi, yomg‘irdan keyingi musaffo havo va qizg‘in futbol muhiti sizni kutmoqda! Bu lahzalarni o‘tkazib yubormang!
Manzil: Surxon sport arenasi Vaqt: 16:00
Keling! TerDU bilan birga tarix yozaylik!