Bugun Umummilliy so‘rovnomada ishtirok etishning so‘nggi kuni.
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashabbusi bilan talaba hamda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Umummilliy so‘rovnomada qatnashganlar soni 1 milliondan oshdi. Xususan, 870 mingdan ziyod ishtirokchi so‘rovnomani onlayn tarzda to‘ldirdi. Shuningdek, Agentlik vakillari tomonidan oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan uchrashuvlarda qariyb 160 ming nafar talaba va professor-o‘qituvchi faol qatnashdi. Bu ko‘rsatkich xalqimizga xos bo‘lgan yuksak birdamlik va hamjihatlikning yaqqol ifodasidir.
So‘rovnomada qatnashish bugun soat 23:59 ga qadar davom etadi. Siz ham befarq bo‘lmang va o‘z fikringizni bildiring: survey.hemis.uz