E’LON | “MIRZO ULUG‘BEK VORISLARI” MAQOLALAR TANLOVI

E'lonlar 05-03-2026 7

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi o‘tkazilmoqda. 

Bu tanlov — yoshlarning ilmiy salohiyatini namoyon etish, buyuk ajdodimiz Mirzo Ulug‘bekning ilm-fan rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini o‘rganish va targ‘ib qilish hamda talabalarning ilmiy tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan. 

Tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar Mirzo Ulug‘bekning hayoti, ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi va tarixiy merosi haqida ilmiy maqola tayyorlaydilar. 

Tanlov nizomi bilan tanishish.

Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:

Oliy ta’lim tashkiloti bosqichi

Respublika saralash bosqichi

Respublika final bosqichi 

Final bosqichi g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin — 5 000 000 so‘m

2-o‘rin — 4 000 000 so‘m

3-o‘rin — 3 000 000 so‘m 

Tanlovning birinchi bosqichi mart oyida oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi. 

Maqolalarni joriy yilning 8-mart sanasigacha elektron word faylda ushbu telegram profiliga yuborishingiz kerak.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun: +998 93 002 07 31

Barcha talaba-yoshlarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!