O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 23-fevraldagi 72-son buyrug‘iga muvofiq, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiadalarining universitet bosqichi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Mazkur olimpiada iqtidorli talabalarni aniqlash, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llash hamda Respublika bosqichida ishtirok etish uchun saralash maqsadida tashkil etiladi.
Olimpiada quyidagi fanlar bo‘yicha o‘tkaziladi: Kimyo Biologiya Fizika Informatika va axborot texnologiyalari
Universitet bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar Respublika fan olimpiadasining keyingi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
Olimpiadada universitetimizning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin. Olimpiada yozma va amaliy topshiriqlar asosida o‘tkaziladi hamda eng yuqori natija ko‘rsatgan talabalar saralab olinadi.
NIZOM
Olimpiadada ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar tegishli fakultet dekanatlari yoki mas’ul kafedralariga joriy yilning 1-apreliga qadar murojaat qilishlari so‘raladi.
Barcha iqtidorli talabalarni olimpiadada faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Murojaat uchun: +998996250095