DIQQAT, TANLOV!

E'lonlar 10-03-2026 6

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayev hayoti va ijodini o‘rganish, ilmiy tadqiq qilish hamda targ‘ib etish yo‘nalishida izlanish olib borayotgan o‘qituvchi va talabalarni rag‘batlantirish maqsadida Termiz davlat universitetida ta'sis etilgan "Shukur Xolmirzayev" nomidagi maxsus stipendiya hamda ko‘krak nishoni uchun hujjatlar qabul qilinmoqda.

Hujjatlar 10-aprel sanasigacha (shu kuni ham) fakultetlarda yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlari tomonidan qabul qilinadi.

Tanlov nizomi bilan tanishish