Termiz davlat universiteti “Jahon tarixi” kafedrasi o‘qituvchisi Ergasheva Sayyora Abdusoatovna Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy kengashda “1950-1980-yillarda Surxondaryo viloyati hunarmandchiligi tarixi” mavzusidagi "O‘zbekiston tarixi" ixtisosligidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Sayyora Abdusoatovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!