“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

Yangiliklar 28-09-2026 8 3 SDG 3 Sog'liq va farovonlik 4 SDG 4 Sifatli ta'lim 8 SDG 8 Munosib mehnat va o'sish

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

🟢Sport maydonlarida har bir ochko, har bir zarba va har bir yurish ortida g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq, matonat va kuchli iroda mujassam.
 Mini-futbolda keskin hujumlar va murosasiz kurash, stol tennisida chaqqonlik va aniqlik, shaxmat taxtasida esa puxta strategiya va teran tafakkur — barchasi bir maydonda jam!

 🟢Professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar o‘rtasidagi bellashuvlar nafaqat sport mahoratini, balki jamoaviy birdamlik, do‘stona muhit va sog‘lom raqobat ruhini ham namoyon etmoqda.

🟢“Rektor kubogi” — bu shunchaki musobaqa emas, bu jamoani birlashtirayotgan, kayfiyat ulashayotgan va unutilmas sport lahzalarini yaratayotgan katta bayram!