ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI BUYUK KUCH

Yangiliklar 25-09-2026 11 4 SDG 4 Sifatli ta'lim 16 SDG 16 Tinchlik va adolat

Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida taniqli shoir, yozuvchi, tarjimon va olim Mirzo Kenjabek tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

🟢Tadbirda Mirzo Kenjabekning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, serqirra ijodiy faoliyati va boy adabiy merosi haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar shoirning hayoti va ijod yo‘li, asarlarining mazmun-mohiyati hamda milliy adabiyotimizda tutgan o‘rni haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

🟢Tadbir davomida Mirzo Kenjabek qalamiga mansub she’rlar ishtirokchilar tomonidan ifodali òqildi, shoir ijodining hikmatliligi va mazmundorligi namoyon etildi. Shuningdek, tadbir doirasida Mirzo Kenjabek asarlari asosida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.