“QALQON” JAMOATCHILIK GURUHI: YAKUNIY SUHBAT BOSQICHI YAKUNLANDI!

Yangiliklar 23-09-2026 8 4 SDG 4 Sifatli ta'lim 16 SDG 16 Tinchlik va adolat

📢 “Qalqon” jamoatchilik guruhiga a’zolik uchun saralash jarayonlarining navbatdagi bosqichi ham muvaffaqiyatli yakunlandi!

Talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida faoliyat yurituvchi “Qalqon” jamoatchilik guruhi safiga qabul jarayonlari davomida bugun psixologik test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar bilan yakuniy suhbat o‘tkazildi.

🎓 Suhbatda 100 ga yaqin faol talabalar ishtirok etib, o‘zlarining bilimlari, dunyoqarashi va ruhiy tayyorgarliklarini sinovdan o‘tkazdilar.

📌 Keyingi bosqich:
Yakuniy suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar bilan mas’ullar tomonidan bog‘laniladi hamda ular “QALQON” jamoatchilik guruhi a’zoligiga taklif etiladi.

📲 Barcha ishtirokchilardan bog‘lanish ma’lumotlarini muntazam kuzatib borishlarini so‘raymiz.

✔️ “QALQON” jamoatchilik guruhi a’zoligiga qabul qilingan talabalar maxsus kiyim-bosh, “Qalqon” guvohnomasi hamda radioaloqa vositasi bilan ta’minlanadi.

Yoshlar — yurt tayanchi!
🛡 Qalqon — tartib va xavfsizlik yo‘lida!