Malakaviy amaliyot oldidan talabalarga muhim ko‘rsatmalar berildi.

Yangiliklar 23-09-2026 7 3 SDG 3 Sog'liq va farovonlik 4 SDG 4 Sifatli ta'lim

🟢Sport faoliyati fakultetining futbol, voleybol, kurash, dyuzdo, yengil atletika yo‘nalishida tahsil olayotgan 93 nafar 4-kurs talabalari malakaviy amaliyotga chiqish oldidan ularga amaliyot jarayonlari bo‘yicha seminar tashkil etildi.

🟢Seminar universitet akademik faoliyat bo‘yicha prorektori O‘.Axmedov rahbarligida o‘tkazilib, unda malakaviy amaliyotni tashkil etilish tartibi, jumladan haq to‘lanadigan amaliyot bo‘yicha tartib-qoidalar, amaliyot davomida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha ma’lumotlar berilib, amaliyot rahbarlariga, kafedra mudiri va fakultet dekaniga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

🟢Ma’lumot uchun: Malakaviy amaliyotga yuborilayotgan 93 nafar talabalarning 72 nafari (77%) haq to‘lanadigan amaliyot bo‘yicha shartnomalar asosida amaliyotga yo‘llanmoqda. Bu esa ushbu bitiruvchilarning amaliyot davrida qo‘shimcha stipendiya olishini va universitetni tamomlagandan so‘ng mazkur tashkilotda mehnat faoliyatini tashkil etish imkonini beradi.