“TALABA – YUGUR 2026”: TERDU TALABALARI YUGURISH MARAFONIDA FAOL ISHTIROK ETDI!

Yangiliklar 22-09-2026 8 3 SDG 3 Sog'liq va farovonlik 4 SDG 4 Sifatli ta'lim 11 SDG 11 Barqaror shaharlar va jamoalar

🟢Bugun ertalab Termiz shahrida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni sportga keng jalb etish va jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan “Talaba – yugur 2026” ommaviy yugurish marafonining kuzgi mavsumi start oldi.

🟢Mazkur ommaviy sport tadbirida Termiz davlat universitetining faol va sportsevar talabalari ham munosib ishtirok etib, e’tirofga loyiq natijalarni qayd etdilar.
3 kilometrlik masofani zabt etish TerDU talabalari uchun nafaqat sport musobaqasi, balki o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish, chidamlilik va irodasini namoyon etish uchun muhim maydon bo‘ldi.

🟢Ayniqsa, muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanib, o‘z salomatligiga befarq bo‘lmagan yoshlarning marafondagi faolligi tahsinga sazovor. Ularning ishtiroki sog‘lom turmush tarzi va faol hayot tarzini yoshlar orasida keng targ‘ib etish borasidagi intilishlarning amaliy ifodasidir.

🟢Bugungi yugurish marafoni yana bir haqiqatni namoyon etdi: katta marralar sari yo‘l hamisha kichik, ammo dadil qadamdan boshlanadi. “Talaba – yugur 2026” marafonida faol qatnashgan TerDU talabalarini olqishlaymiz!