Xalqaro akademik kadrlarni jalb etish, xorijiy mutaxassislar ishtirokida ta’lim va ilmiy-tadqiqot salohiyatini yanada oshirish masalalari universitet rektori huzurida muhokama qilindi.
🟢Xalqaro miqyosda e’lon qilingan vakansiyalar bo‘yicha hujjat topshirgan xorijiy nomzodlarning akademik salohiyati, ilmiy darajasi, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalaridagi faoliyati, h-indeksi, xalqaro tashkilotlardagi tajribasi, o‘qituvchilik mahorati hamda universitetimizning ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlariga qo‘shishi mumkin bo‘lgan hissasi ko‘rib chiqildi.
🟢Xususan, xalqaro munosabatlar va siyosatshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha TerDUda faoliyat yuritish istagini bildirgan Portugaliya, AQSH, Xitoy, Avstriya va boshqa davlatlardan xorijiy mutaxassislar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi.
🟢Nomzodlar orasida yetakchi oliygohlarda tahsil olgan, xalqaro akademik va amaliy tajribaga ega, BMT tizimi hamda boshqa xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritgan mutaxassislar mavjud.
🟢Uchrashuv davomida mazkur nomzodlarning ilmiy-pedagogik salohiyatidan samarali foydalanish, ularni universitetning ustuvor yo‘nalishlariga jalb etish hamda keyingi bosqichda suhbatlar tashkil etish masalalari yuzasidan tegishli taklif va vazifalar belgilab olindi.
🟢TerDU — xalqaro akademik hamkorlik va ta’lim sifatini oshirish sari yangi qadamlar bilan!