Termiz davlat universitetiga Eron Islom Respublikasidan ikki nafar xorijiy professor-o‘qituvchi — doktor Soheila Pouyan va doktor Ghasem Farahmand ilmiy-pedagogik faoliyat olib borish maqsadida tashrif buyurdi.
Xorijiy mutaxassislar Geografiya hamda Barqaror rivojlanish kafedralarida: 🔹ta’lim jarayonida ishtirok etish; 🔹 ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish; 🔹 talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan ilmiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarida faoliyat yuritadilar.
Uchrashuvda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro grant va investitsiyalarni jalb etish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.