Milliy libos — shunchaki kiyim emas. U — tarix, qadriyat va milliy o‘zlik timsolidir!
🟢Bugun Termiz davlat universitetida “Milliy libos targ‘iboti kuni” munosabati bilan milliy kiyimlarimizning go‘zalligi, betakrorligi va ma’naviy ahamiyati yana bir bor namoyon etilmoqda.
🟢Milliy libos kiygan qiz — o‘zligini, milliy madaniyatini va Vatanga bo‘lgan hurmatini namoyon etadi. Zero, milliy libos — xalqimizning tarixi, ma’naviyati, didi va go‘zallik haqidagi tasavvurlarini o‘zida mujassam etgan bebaho merosdir.