“Istibdoddan istiqlolgacha” mavzusida davra suhbati

Yangiliklar 18-09-2026 10

Termiz davlat universiteti Qatag‘on qurbonlari muzeyi mas’ullari tomonidan tarixchi, huquqshunos va siyosatshunos olimlar, muzey mutaxassislari, jurnalistlar hamda talaba-yoshlar ishtirokida “Istibdoddan istiqlolgacha” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🟢Dastlab ishtirokchilar muzey bo‘ylab sayohat qilib, qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga oid tarixiy eksponatlar bilan tanishdilar.

🟢Davra suhbatida qatag‘on qurbonlarining hayoti va merosini o‘rganish, tarixiy xotirani asrash hamda yosh avlodga yetkazish masalalari haqida fikr almashildi.

Tarixiy xotira — milliy o‘zlik va kelajak uchun muhim saboqdir!