Termiz davlat universiteti “Jahon tarixi” kafedrasi o‘qituvchisi Jumayev Mustafo Erkin o‘g‘li Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy kengashda “O‘zbekiston toponimlarining tarixiy tahlili (Surxondaryo viloyati misolida)” mavzusidagi "O‘zbekiston tarixi" ixtisosligidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Jumayev Mustafo Erkin o‘g‘lini ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!