“Korrupsiyaga qarshi kurashish”

“Korrupsiyaga qarshi kurash” rukni 07-06-2024 8

Joriy yilning 8-iyun kuni universitet “Ijtimoiy fanlar” fakulteti faollar zalida fakultetning navbatdagi Kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Kengashda turli masalalar bilan bir qatorda oliygohning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi U.Devonov “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida korrupsiyaning kelib chiqishiga zamin yaratuvchi shartsharoitlar, uning xavf – xatarlari va oqibatlarini bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi haqida maʼruza qildi.Shu bilan birga, ishtirokchilarga oliygohning “Odob-axloq kodeksi”, “Termiz davlat universitetining ichki tartib qoidalari” hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-931-sonli Qonunining mazmun - mohiyati va ahamiyati tushuntirildi. Tadbirda 59 nafar professor-oʻqituvchilar va 3 nafar tyutorlar qatnashishdi.