Joriy yilning 6-may kuni Termiz davlat universiteti 2-binosi faollar zalida “Ijtimoiy fanlar” va “Yuridik” fakultetlari oʻqituvchilari va talaba yoshlari orasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Davra suhbatida Surxondaryo viloyati prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi alohida muhim ishlar boʻyicha katta tergovchisi A.Babaniyazov, Surxondaryo viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi kotibi S.Abduraimov, Surxondaryo viloyati hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat qilish shoʻbasi xodimi Sh.Baboshkin, “Ijtimoiy fanlar” fakulteti dekani N.Ochilov hamda oliygoh korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi U.Devonov, 7 nafar oʻqituvchilar va 70 nafar talaba yoshlar qatnashishdi.