“Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi!” va “Biz birgalikda korrupsiyani toʻxtatamiz!”

“Korrupsiyaga qarshi kurash” rukni 05-04-2024 8

Joriy yilning 5-aprel kuni Termiz davlat universiteti ““Amaliy matematika va intellektual texnologiyalari” fakulteti faollar zalida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi va Termiz shahar adliya boʻlimi xodimlari ishtirokida oliygoh tyutorlari orasida “Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi!” va “Biz birgalikda korrupsiyani toʻxtatamiz!” mavzularida hamda Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi, “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi va “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunlarning mazmunmohiyati va ahamiyati boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi.