Termiz davlat universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan davra suhbati tashkil etildi

“Korrupsiyaga qarshi kurash” rukni 15-03-2024 10

Joriy yilning 15-mart kuni Termiz davlat universiteti “Kimyo” fakulteti faollar zalida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoni bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2023-2024-yillarga moʻljallangan davlat dasturining 25-bandida belgilangan “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosobatni shakllantirish” vazifasiga koʻra universitet rektori tomonidan 2023-yil 18-dekabr kuni tasdiqlangan reja-jadvalga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari vakillari bilan oliygohning “ Sport faoliyati va boshqaruvi” fakulteti professor-oʻqituvchilari va talaba yoshlari hamda akademik litsey pedagoglari va oʻquvchilari ishtirokida (ZOOM videokonferensiya dasturi orqali) davra suhbati tadbiri amalga oshirildi.