“Biz korrupsiyaga qarshimiz” va “Korrupsiya rivojlanishimizga toʻsiq” mavzularida huquq - targʻibot idoralari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida universitetda davra suhbati-profilaktik tadbiri oʻtkazildi.

“Korrupsiyaga qarshi kurash” rukni 20-01-2024 8

Joriy yilning 20-yanvar kuni Termiz davlat universiteti “Kimyo” fakulteti faollar zalida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF200-son Farmoni bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2023- 2024-yillarga moʻljallangan davlat dasturining 25-bandida belgilangan “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosobatni shakllantirish” vazifasiga koʻra universitet rektori tomonidan 2023-yil 18-dekabr kuni tasdiqlangan reja-jadvalga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari vakillari bilan oliygohning «Xorijiy filologiya», «Rus va qardosh tillar» fakultetlari professor-oʻqituvchilari va talaba yoshlari hamda akademik litsey pedagoglari va oʻquvchilari ishtirokida (ZOOM videokonferensiya dasturi orqali) davra suhbati tadbiri amalga oshirildi.