“Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati” oʻquv kursida Termiz davlat universiteti talabalarining taʼlim olishlari tashkil etildi

“Korrupsiyaga qarshi kurash” rukni 01-12-2025 8

Joriy yilning dekabr oyida Termiz davlat universiteti talabalarini halollik, korrupsiyaga murosasizlik, qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2025-yil 24-fevraldagi 17-son bayonnomasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuklatilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Nazorat-rejasining 15-bandi (1-ilova, 16-bandi), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf etish hamda “Korrupsiyadan holi” muhitni yaratish borasida aniq choratadbirlarni amalga oshirish boʻyicha YOʻL XARITASI 22-bandi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining “Korrupsiyaga qarshi taʼlim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturi doirasida oʻqitish amaliyotini joriy etishni tashkil etish toʻgʻrisida” 2024-yil 24-sentyabrdagi 355-son burugʻi 5-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan tayyorlangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati” oʻquv kursida 3047 nafar universitetning 1-, 2-, 3- 4- va 5-kurs talabalari quyidagi mavzular boʻyicha oʻqitildi.