Universitetning “Xorijiy filologiya”, “Fizika-matematika”, “Sport faoliyati”, “Tarix”, “Iqtisodiyot” va “Ijtimoiy fanlar” fakultetlari professor-oʻqituvchilari va talaba yoshlari ishtirokida davra suhbatlari tashkil etildi

“Korrupsiyaga qarshi kurash” rukni 02-05-2025 8

Joriy yilning 2-, 8-, 14- va 15-may kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida joriy yil 5-mart kuni boʻlib oʻtgan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashning korrupsiyaning oldini olish boʻyicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish mazmun mohiyatini universitet professor-oʻqituvchilari va talaba yoshlariga yetkazish maqsadida huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi”, “Korrupsiya “Jamiyat tanasidagi saraton”” mavzularida davra suhbatlari tadbirlari tashkil etildi. Tadbirlarga, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari vakillari — Surxondaryo viloyati prokuraturasi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi alohida muhim ishlar boʻyicha katta tergovchisi — Odilov Sherali Usanovich, Termiz shahar Adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi – Sayfitdinov Suxrob Sayidahmadovich, Termiz shahar Adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti – Nazarov Vohid Raxmonberdiyevich, Surxondaryo viloyati Sudi sudyalari – Mamadiyev Oʻktam Almirzayevich, Begimov Rufat Musurmonovich, Mamaraimov Asqar Neʼmatovich, Raximov Umidjon Aliyevich va Safarov Abdullo Xusanovich hamda “Yuridik” fakulteti Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi kafedrasi oʻqituvchilari — Namozov Xusan Axmad oʻgʻli va Qurbonova Moxinur Baxtiyorovnalar taklif qilindi.