“Xorijiy filologiya”, “O‘zbek filologiya”, “Axborot texnologiyalari” “Tabiiy fanlar”, “Fizika-matematika”, “Kimyo”, “Sport faoliyati”, “Tarix”, “Iqtisodiyot” va “Ijtimoiy fanlar” fakultetlari professor-o‘qituvchilari ishtirokida davra suhbatlari

“Korrupsiyaga qarshi kurash” rukni 04-04-2025 8

Joriy yilning 4-, 11-, 17- va 18-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida joriy yil 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish mazmun mohiyatini universitet professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlariga yetkazish maqsadida huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi”, “Korrupsiya “Jamiyat tanasidagi saraton”” mavzularida davra suhbatlari tadbirlari tashkil etildi.Tadbirlarga, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari vakillari - Surxondaryo viloyati prokuraturasi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchisi - Odilov Sherali Usanovich, Termiz shahar Adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i – Sayfuddinov Suxrob, Termiz shahar Adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti – Nazarov Vohid Raxmonberdiyevich, Termiz shahar Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimi – Odinakulova Yulduz Akmal qizi, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi “KAMELOT FEMIDA” advokatlik byurosi advokati Jabborov Abdusalim G‘opporovich, Termiz shahar Adliya bo‘limi “MADAD” NNT mutaxasisisi Xasanov Muzaffar Safarovich hamda “Yuridik” fakulteti Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi kafedrasi o‘qituvchilari - Namozov Xusan Axmad o‘g‘li va Qurbonova Moxinur Baxtiyorovnalar taklif qilindi.