Termiz davlat universiteti “Iqtisodiyot”, “O‘zbek filologiyasi”, “Ijtimoiy fanlar” va “Sport faoliyati” fakultetlari talaba yoshlari orasida anonim so‘rovnomalar tashkil etildi

“Korrupsiyaga qarshi kurash” rukni 07-02-2025 10

Joriy yilning 7-, 10- va 17-fevral kunlari universitet “Iqtisodiyot”, “O‘zbek filologiyasi”, “Ijtimoiy fanlar” va “Sport faoliyati” fakultetlari talaba yoshlari orasida korrupsiyaga oid va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga qaratilgan anonim so‘rovnomalar olish tadbiri tashkil etildi. So‘rovnomalarda jami 944 nafar 1 va 2 kurs talabalari ishtirok etishdi.Hozirgi vaqtda so‘rovnomalar natijalarini tahlil qilish va korrupsiya xavflari saqlanib qolayotgan yo‘nalishlarda korrupsiyani minimallashtirishga qaratilgan tizimli, aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqish va ijroga qaratish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.