Termiz davlat universiteti “Axborot texnologiyalari”, “Fizika-matematika”, “Ijtimoiy fanlar” va “Tarix” fakultetlari professor-oʻqituvchilari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

“Korrupsiyaga qarshi kurash” rukni 03-01-2025 8

Joriy yilning 3- va 4-yanvar kunlari 2024/2025 oʻquv yili jarayonida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyilishini oldini olish, oliygoh professor-oʻqituvchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosobatni shakllantirish, ularga “halollik vaksinasi”ni singdirish, ularning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilim va koʻnikmalarini oshirish hamda huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida davra suhbati tadbirlari amalga oshirildi.Tadbirlarda ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3- yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-419-son va 2024-yil 5-iyundagi Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 5-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-210-son qarori mazmun mohiyati, korrupsiyaning turlari, ularning kelib chiqish sabablari va salbiy oqibatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar hamda korrupsiyaga oid maʼmuriy huquqbuzarliklar va jinoyatlar xususida tushunchalar berdi.