TerDU magistranti — xalqaro yoshlar maydonida!

Yangiliklar 15-09-2026 6

Yekaterinburg shahrida 11–17-sentabr kunlari International Festival of Youth — 2026 (IFY-2026) xalqaro yoshlar festivali bo‘lib o‘tmoqda.

🟢 191 mamlakatdan 10 ming nafar yoshlarni birlashtirgan mazkur nufuzli tadbirda Termiz davlat universiteti magistranti Toshmamatov Azizbek 100 foizlik grant asosida O‘zbekiston yoshlarining munosib vakili sifatida ishtirok etmoqda.

🌐 Festival yoshlar uchun xalqaro tajriba va g‘oyalar almashish, yangi professional aloqalar o‘rnatish hamda fan, IT, media, sport, kreativ industriyalar va davlat boshqaruvi yo‘nalishlarida hamkorlik qilish imkonini bermoqda.

Magistrantimizning ushbu xalqaro maydondagi ishtiroki — TerDU yoshlarining bilim va salohiyati xalqaro miqyosda namoyon bo‘layotganining yorqin ifodasidir.

Yangi g‘oyalar va katta imkoniyatlar sari!