Termiz davlat universitetida xavfsizlik holati o‘rganildi

Yangiliklar 15-09-2026 4

Termiz davlat universitetida ta’lim jarayonining xavfsizligini ta’minlash, mavjud shart-sharoitlarni o‘rganish hamda xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirish maqsadida viloyat prokuraturasi mas’ullari tashrif buyurdi.

🟢Tashrif davomida viloyat prokuraturasi 16.1-bo‘lim katta prokurori B. G‘afforov, bo‘lim prokurorlari F. Shakarov, X. Kenjayev hamda Termiz shahar prokurori o‘rinbosari K. Hazratqulov tomonidan universitetdagi mavjud shart-sharoitlar, xavfsizlik tizimi va tegishli infratuzilma holati o‘rganildi.

🟢O‘rganish jarayonida universitet hududida xavfsizlikni ta’minlash, talabalar va xodimlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda profilaktik choralarni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🟢Mazkur yo‘nalishdagi ishlar universitetda xavfsiz va barqaror ta’lim muhitini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida izchil davom ettiriladi.