Termiz davlat universitetida 2027-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga hujjatlar qabuli boshlandi.

E'lonlar 15-09-2026 9

Termiz davlat universitetida 2027-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga hujjatlar qabuli boshlandi.

📅 Hujjatlar qabul qilish muddati:
2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha

💻 Hujjatlar daraja.ilmiy.uz yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

🎓 2027-yil uchun Termiz davlat universitetiga DSc, PhD va stajyor-tadqiqotchilik bo‘yicha tegishli ixtisosliklarga qabul kvotalari ajratilgan.

📌 Ustuvor ixtisosliklar bo‘yicha PhD va DSc talabgorlari uchun qabul jarayonida ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti o‘tkazilishi nazarda tutilgan.

🟢Talab etiladigan hujjatlar, ixtisosliklar, qabul kvotalari, xorijiy til sertifikati talablari hamda qabul jarayoniga oid boshqa muhim ma’lumotlar universitetning rasmiy saytida keltirilgan.

👉 Batafsil ma’lumot