2025/2026-OʻQUV YILI UCHUN YAKUNIY NAZORAT SINOVLARINI VA DAK IMTIHONLARINI TOPSHIRAYOTGAN HAMDA BITIRUV MALAKAVIY ISHLARI HIMOYALARINI AMALGA OSHIRAYOTGAN TALABALAR ORASIDA MONITORING NAZORAT TADBIRLARI

“Korrupsiyaga qarshi kurash” rukni 02-06-2026 10

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli qarori. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 2-dekabrdagi “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 452-sonli buyrugʻi. Universitet rektorining 2024-yil 16-dekabrdagi “Talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 241-U-sonli va 2026-yil 18-maydagi “Yakuniy nazoratlarni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida” 295-T-sonli buyruqlari ijrosini taʼminlash maqsadida.Joriy yilning 3-iyun kuni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining “Kiberkorrupsiyaga qarshi samarali kurashish boʻyicha mustahkam huquqiy baza yaratishga doir chora-tadbirlarni belgilash toʻgʻrisida” 2025-yil 25-martdagi 04/4-03-01/17-sonli qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”da Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuklatilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan NAZORAT-REJAsi 3-bandiga (1-ilova 12- band) hamda Oʻzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 28-son bayonnomasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuklatilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan CHORA-TADBIRLAR REJASI 2.1-, 2.3-, 4- va 10-bandlariga asosan Termiz davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti professor-oʻqituvchilari orasida “Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga toʻsiq”, “Qonunchilik va javobgarlik – korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asosi” va “Manfaatlar toʻqnashuvi va uning oldini olish” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.