Termiz davlat universitetida «Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi!» mavzusida «#Stop_korrupsiya» xeshtegi ostida chellendj tadbirlari amalga oshirildi

“Korrupsiyaga qarshi kurash” rukni 05-03-2026 10

Joriy yilning 5- va 24-mart kunlari Termiz davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti bilan xamkorlikda universitetning Oʻzbek filologiya, Sport faoliyati, Iqtisodiyot, Fizika-matematika, Xorijiy filologiya va Axborot texnologiyalari fakultetlari talaba yoshlari orasida «Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi!» mavzusida «#Stop_korrupsiya» xeshtegi ostida chellendj tadbirlari amalga oshirildi. Ushbu tadbirlar professor — oʻqituvchilar, tyutorlar va talaba yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida huquqiy bilimlarini oshirish, ularning korrupsion jarayonlar ishtirokchisiga aylanib qolishi kabi noxush holatlarning oldini olish, ularda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish hamda halollik, adolat, vijdon va qonun ustuvorligini targʻib etish, shuningdek, talabalarni jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini egallashga undash maqsadida tashkil etildi.