Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning burchimiz”

“Korrupsiyaga qarshi kurash” rukni 04-02-2026 10

Joriy yilning 4-, 19-, 24- va 25-fevral kunlari universitet talaba yoshlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosobatni shakllantirish, ularga “halollik vaksinasi”ni singdirish, ularning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilim va koʻnikmalarini oshirish hamda huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida Surxondaryo viloyati IIB va Termiz shahar Adliya boʻlimi xodimlari ishtirokida oliygohning Tarix, Kimyo, Iqtisodiyot, Ijtimoiy fanlar, Xorijiy filologiya, Axborot texnologiyalari, Oʻzbek filologiyasi, Yuridik, Milliy libos va sanʼat hamda Sport faoliyati fakultetlari 1-, 2-, 3- va 4-kurs talabalari orasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning burchimiz”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish”, “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” va “Korrupsiya “Jamiyat tanasidagi saraton”” mavzularida davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etildi.