2026-yil 14-may kuni soat 15:00da Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.Fil.12.04 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar yig‘ilishi o‘tkaziladi: 📝KUN TARTIBI: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mustaqil izlanuvchisi Xudoyberdiyeva Oyjamol Muzaffarovnaning "Ingliz va o‘zbek tillaridagi raqsga oid terminlarning chog‘ishtirma tadqiqi (leksik-semantik va lingvomadaniy tahlili asosida)" mavzusidagi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining muhokamasi. 🔸 Ilmiy rahbar: f.f.d. (DSc), dotsent Qodirova Mukaddas Tog'ayevna. 📌Taqrizchilar: f.f.f.d. (PhD) Jabbarova Shoira Boltayevna, f.f.d. (DSc) dots. Xursanov Nurislom Iskandarovich. 🔸Dissertatsiya ishi bajarilgan tashkilot: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti. 📍Manzil: Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti 105-zal. https://us05web.zoom.us Identifikator: 582 006 0071 Parol: 2024