2026-yil 25-aprel kuni soat 15:30da Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.Fil.12.04 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar yig‘ilishi o‘tkaziladi:
📝KUN TARTIBI:
Termiz davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi Nazarova Ziyoda Kattayevnaning “ Ingliz va o‘zbek tillarida somatik komponentli frazeologik birliklarning chog‘ishtirma tadqiqi” mavzusidagi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining muhokamasi.
🔸 Ilmiy rahbar: filologiya fanlari bo‘cha falsafa doktori, dotsent Davlyatova Elvira Muratovna. 📌Taqrizchilar: f.f.d. prof. Mirsanov G‘aybulla Qulmurodovich, f.f.d., dotsent Uralova Oysuluv Poyan qizi
🔸Dissertatsiya ishi bajarilgan tashkilot: Termiz davlat universiteti.
📍Manzil: Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti 105-zal. https://us05web.zoom.us Identifikator: 582 006 0071 Parol: 2024