HASHAR-ELGA YARASHAR

Ekofaol talabalar 11

Asrlar osha shakllanib, avloddan-avlodga meros bo`lib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biri bo’lgan–umumxalq hashari Navro’z umumxalq bayrami oldidan yurtimizda ko’tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. 

O`zida poklik, insoniylik kabi ezgu jihatlarni mujassam etgan hashar tadbirlari   joriy yilning 16-18-mart kunlari yurtimiz bo‘ylab "Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq xayriya hashari  Termiz davlat universiteti  professor o‘qituvchilar , ishchi-xodimlari hamda universitet Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti faol a’zolari tomonidan universitet hovlisi, ochiq maydonlar, ariq va ko‘chalarini tozalash, obodonlashtirish ishlariga bel bog‘lashdi.