Termiz davlat universitetining odob-axloq kodeksi universitet jamoasi aʼzolari uchun qabul qilingan etik meʼyorlar va qoidalar majmuasidir. Uning maqsadi taʼlim va tadqiqot jarayonlarida shaffoflik va yuksak professionallikni taʼminlash, oʻzaro hurmat va masʼuliyatli munosabatlarni shakllantirishdan iborat. Kodeks universitet professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalari oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, akademik halollik, qonunbuzarliklardan holi boʻlish, jamoatchilik manfaatlariga sodiqlik tamoyillarini amalga oshirishni taʼminlaydi. Ushbu kodeksning asosiy prinsiplari – qonuniylik, odillik, etik javobgarlik, inson qadr-qimmatiga hurmat, axloqiy normalarga rioya qilish kabi jihatlari aks ettiriladi. Shunday qilib, kodeks universitetning barqaror rivojlanishida muhim hujjat sifatida qaraladi. BATAFSIL