Asosiy | Ilmiy-tadqiqot va dissertatsiya ishlar | Dissertatsiya mavzusini tanlash tartibi

Dissertatsiya mavzusini tanlash tartibi

Magistrlik dissertatsiyasi oʻqish va oʻquv dasturlarini oʻzlashtirish jarayonida magistratura talabasi egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi.

Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari oliy taʼlim muassasalari kafedralarida kafedralarning professor-oʻqituvchilari tarkibi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy-tadqiqot va loyihalash muassasalari xodimlari tomonidan shakllantiriladi.

Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari, qoidaga koʻra, dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga yoki aniq amaliy vazifalarni hal etishga bagʻishlanadi.