Asosiy | Milliy libos, va san'at fakulteti | Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi

Kafedra nomi: “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi”

Kafedra tarixi: Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi 2018-yil tashkil topgan. Kafedra shu davrda 9 nafar professor-o‘qituvchilar bilan ish boshlagan bo‘lib, ulardan 1 nafar fan nomzodi, 1 nafar dotsent v.b. va 2 nafari katta o‘qituvchilar edi. Kafedrani dotsent v.b. X.A.Turayev boshqarib kelmoqda. Qisqa muddatda kafedra malakali kadrlar bilan ta’minlanib, professor-o‘qituvchilarning soni va sifati oshirilgan.

Hozirda kafedrada 1 nafar fan nomzodi (PhD), 2 nafar dotsent v.b., 1 nafar katta o‘qituvchi va 5 nafar o‘qituvchi – jami 9 nafar professor-o‘qituvchilar asosiy shtatda faoliyat ko‘rsatib, soatboy asosida ishlovchi 1 nafar fan doktori, professor, 1 nafar fan nomzodi, professor va 1 nafar dotsent ta’lim-tarbiya ishlariga jalb qilingan.