1. Umumiy maʼlumotlar. Kafedra nomi: “Musiqa ta’limi” kafedrasi. Tashkil etilgan sana: 27.08.2018 Kafedra mudiri: Choriyev Bekzod Bahrom o‘g‘li. Manzil: Oʻzbekiston, Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Universitet koʻchasi, 23
Telefon: +998 90 934 20 07. Elektron pochta: bchoriyev@tersu.uz
2. Maqsad va asosiy vazifalar
Maqsad: Milliy cholg‘u ijrochiligi, an’anaviy va estrada vokal san’ati hamda folklor ijrochiligi sohasi bo‘yicha yuqori malakali, raqobatbardosh pedogog-mutaxassislar tayyorlash, kafedraning ilmiy-tadqiqot va innovatsion salohiyatini oshirish hamda musiqiy ta’lim sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish.
Vazifalar: Xalq cholg‘ulari, an’anaviy xonandalik, estrada va folklor yo‘nalishlarining zamonaviy talablariga mos keladigan o‘quv reja hamda fan dasturlarini yaratish va muntazam yangilab borish. O‘quv jarayoniga innovatsion pedagogik va raqamli musiqiy texnologiyalarni, shuningdek, cholg‘u hamda vokal ijrochiligining ilg‘or metodikalarini tatbiq etish.
Milliy musiqiy meros, folklor san’ati, cholg‘ushunoslik hamda xonandalik va ijrochilik yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini va loyihalarni amalga oshirish. Professor-o‘qituvchilar va talabalarni respublika hamda xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiyalar, tanlovlar va grant loyihalariga faol jalb etish.
Kafedra yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, nota to‘plamlari, xrestomatiyalar va mualliflik musiqiy asarlarini va moslashtirilgan asarlarni nashrga tayyorlash. Vokal va cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha uslubiy tavsiyalar hamda audio/video o‘quv resurslarini yaratish.
Talabalarda ansambl, orkestr, yakkaxonlik va jamoaviy folklor ijrochiligi, shuningdek, vokal texnikasi bo‘yicha yuksak sahna va ijrochilik mahoratini shakllantirish. Konsert-ijrochilik faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, kafedra qoshidagi ijodiy jamoalar (orkestr, ansambllar) faoliyatini rivojlantirish va nufuzli ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etishini ta’minlash.
Madaniyat va san’at muassasalari, ixtisoslashtirilgan san’at maktablari va sohaga oid tashkilotlar bilan kadrlar tayyorlash va tajriba almashish borasida hamkorlikni rivojlantirish. Xorijiy turdosh oliy ta’lim muassasalari va san’at markazlari bilan tajriba almashish, mahorat darslari va ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish.
3. Kafedra tarkibi va kadrlar salohiyati
Jami xodimlar: 20 nafar; dotsentlar: 5; PhD: 4; katta oʻqituvchilar: 3; oʻqituvchilar: 8.
35 yoshgacha: 2; 60 yoshgacha: 14; 60 yoshdan yuqori: 4. Erkaklar: 15; ayollar: 5. Ilmiy salohiyat: 20 %.
4. Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar
Bakalavriat:
1. Cholg‘u ijrochiligi (xalq cholg‘ulari),
2. Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik,
3. Vokal san’ati: estrada xonandaligi,
4. Xalq ijodiyoti: folklor ijrochiligi.
5. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat
Asosiy ilmiy yoʻnalishlar: Xalq cholg‘ulari ijrochiligi, an’anaviy va estrada xonandaligi hamda folklor ijrochiligini rivojlantirish; milliy musiqa merosini ilmiy o‘rganish, asrash va targ‘ib etish; ijrochilik mahorati va uni o‘qitish metodikasini takomillashtirish; zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalarni musiqa ta’limiga joriy etish; xalq cholg‘ulari orkestri va ansambllarida ijrochilikni takomillashtirish; an’anaviy va zamonaviy ijrochilik tajribasini uyg‘unlashtirish hamda ilmiy-innovatsion ishlanmalarni ta’lim amaliyotiga tatbiq etish.
Xoʻjalik shartnomalari: 15 ta; umumiy qiymati: 65 mln soʻm.
6. Ilmiy natijalar va nashrlar
Oʻquv qoʻllanmalar: 14; darsliklar: 14; monografiyalar: 11; ilmiy maqolalar: 31.
OAK: 20 ta; Scopus: 2 ta.
7. Xalqaro hamkorlik
Hamkor xorijiy OTMlar: 2 ta.
Asosiy hamkorlar: M.Auezov nomidagi janubiy Qozog‘iston universiteti, Eronning Sheyda universiteti
8. Talabalar faoliyati
Talabalar umumiy soni: 180 nafar. Talabalar klublari: 4 ta
Soʻnggi 3 yilda olimpiada/tanlov gʻoliblari: 210 nafar; xalqaro anjuman ishtirokchilari: 6 nafar.
Stipendiya sohiblari: 12 nafar. Bitiruvchilarning ish bilan taʼminlanish darajasi: 90 %.
9. Infratuzilma va moddiy-texnika bazasi
Auditoriyalar: 12 ta; kompyuterlar: 20 ta.
Kutubxona fondi: 380 ta adabiyot; multimedia vositalari: 60 ta.
Scopus va Web of Science bazalariga kiritiladigan maqolalarga mualliflar haqida ma`lumotlari
Musiqa ta'limi kafedrasi professor-o`qituvchilari haqida
Qurbonov Sattor
Xursandovich
Dotsent
Tursunov Abdurayim
Ramazonovich
Dotsent, v. b., professor
Zairov Zarif
Rashitovich
Nasriddinova Nozima
Xayrullayevna
Tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
Tursunov Djamshid
Abduraimovich
Katta o’qituvchi
Raxmonova Dilshoda
Nusratovna
Xakimov Orifjon
Boboramazonovich
Tursunov Xurshid
O‘qituvchi
Tursunov Zoxidjon
Nazarov Farxodjon
Allaberdiyevich
Pedagogika bo’yicha falsafa fanlari doktori (PhD), o‘qituvchi
Xolmatov Sherzod
Xushbekovich
O'qituvchi
Karimova Kamilla
Vyacheslavovna
O'rozov Olim
Usmonovich
Musiqa ta’limi kafedrasi o’qituvchisi
Jumayev Xusan
Xudoyberdiyevich
O’qituvchi