Asosiy | Milliy libos, va san'at fakulteti | Milliy libos, kashtachilik, to`qimachilik kafedrasi

Milliy libos, kashtachilik, to`qimachilik kafedrasi

Milliy libos, kashtachilik, to`qimachilik kafedrasi mudiri

Toshbekov Odil Abdullayevich

Bog'lanish uchun

  • Telefon:+998994515108
  • Email:toshbekovo@tersu.uz
  • Qabul vaqti:Haftaning barcha ish kunlari 9:00 – 12:00

Kafedra tarixi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov tomonidan 11 mart 2019 yilda Surxondaryo viloyatida milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik sohasini va uning moddiy-ma’naviy merosini saqlash va rivojlantirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Termiz davlat universitetining yangi tuzilmasiga binoan 2019 -2020 o‘quv yilidan “Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik” kafedrasi tashkil etilgan. Kafedraga 2019 yil sentyabr oyidan texnika fanlari nomzodi dotsent (PhD) M.К. Urozov kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedrada Milliy tikuv buyumlari, Dizayn (milliy kostyum), Kasb ta’limi yengil sanoat buyumlari mutaxassisligi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlaydi. Xozirgi kunda kafedrada 12 ta professor o‘qituvchi va tashqi o‘rindosh sifatida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institudan 4 nafar professor hamda 1 nafar dotsent o‘qituvchilar dars berib kelishmoqda. Talabalarning umumiy soni 244 nafarnu tashkil etadi.

Ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish ilmiy, amaliy, ijodiy ishlarini rivojlantirish maqsadida tikuvchilik ustaxonasi va dizayn studiyalari tashkil etilgan. Kafedrada tegishli fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmoqda. Darslar jami 11 ta auditoriyada o‘tiladi, shundan 6 ta auditoriya ma’ruza uchun, 2 ta ma’ruza xonasi va electron doska, videoproyektor va kompyuter bilan jihozlangan. Talabalarga dars mashg‘ulotlarini yaxshi olib borish uchun kafedra fanlaridan o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi (darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlarining elektron versiyalari) qoniqarli ahvolda. 2019-2020 o‘quv yilida kafedrada tegishli fanlardan amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari, mustaqil ishlar va bitiruv malakaviy ishlarini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatmalar nashr etilgan.

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularni ilmiy maqolalar nashr ettirish, ko‘rgazmali jihozlar yasash, chet tili va kompyuter texnologiyalarini o‘rgatishga jalb etilgan. Shu jumladan < Navoiy> nomidagi davlat stpendiyasi sohibasi, Yilning eng faol talabasi, Hokim stpendiyasi sohibasi, Rektor stpendiyasi sohibi, bir qancha ko’rik tanlovlar g’oliblari yetishib chiqgan .