“Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi 2001 yil 15 noyabrda Termiz davlat universitetini rektorining №192 buyrug’i asosida tashkil etildi. 2010 yil № 246-sonli buyrug’i bilan ikkita kafedra qo’shilib “Sport o’yinlari va uni o’qitish uslubiyati” deb nomlandi.
2012 o’quv yilining sentyabridan Universitet Ilmiy Kengashining qarori bilan “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi deb faoliyat ko’rsata boshladi va ushbu kafedra mudiri vazifasini B.Amanturdiyev bajargan.
2016 o’quv yilining sentyabridan Universitet Ilmiy Kengashining qarori bilan kafedra “Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi deb faoliyat ko’rsata boshladi.
27-avgust 2018 oʻquv yilidan boshlab Termiz davlat universiteti rektorini № 159-POʻ qarori bilan “Jismoniy tarbiya va sport o’yinlari” kafedrasi deb faoliyat ko’rsata boshladi va xozirga qadar ushbu kafedraning mudiri vazifasini professor B.Amanturdiyev bajarib kelayapti.
Jismoniy tarbiya va sport o‘yinlari kafedrasida jami 11 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, shundan 11 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda ishlab kelishmoqda. Professor-o‘qituvchilar tarkibida: 1 nafar fan nomzodi katta o‘qituvchi R.X.Tulaganov, 1 nafar p.f.b.f.d. (PhD) X.K.Berdieva, 1 nafar professor B.K.Amanturdiev, 4 nafar katta o‘qituvchi Q.Q.Xaqnazarov, R.N.Shaymardanov, N.U.Xakimova, O.K.Amonturdiev, 4 nafar o‘qituvchilar Sh.Yu.Raxmonov, M.H.Hakimova, Gʻ.Doniyorov, EQurbonmurodovlаr bor.
Kafedra professor-o’qituvchilari talabalarga sifatli dars berish bilan birga, ularning ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yetuk insonlar bo’lib yetishishiga alohida e’tibor berishadi.
Kafedraning asosiy talim yo’nalishi “Sport faoliyati” deb nomlanadi. Umum talim maktablari va akademik litseylarida jismoniy tarbiya va sport fanlari hamda ko’pgina sport o’yinlari, yengil atletika, suzish, futbol, voleybol, qo’l to’pi, tennis, stol tennisi, basketbol va boshqa turlaridan sport to’garaklari va sport musobaqalarini boshqarish bo’yicha murabbiy va sportchilarni ham tayyorlaydi.
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’quv va uslubiy qo’llanmalar tayyorlanib, o’quv jarayonining sifat va samaradorligini oshirishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
1. Umumiy maʼlumotlar. Kafedra nomi: “Jismoniy tarbiya va sport oʻyinlari” kafedrasi. Tashkil etilgan sana: 2018-yil 1-sentyabr Kafedra mudiri: Amanturdiyev Baxtiyor. Manzil: Oʻzbekiston, Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Universitet koʻchasi, 23.
2. Maqsad va asosiy vazifalar
Maqsad: malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda taʼlim sifatini oshirish.
Vazifalar: taʼlim dasturlarini takomillashtirish; ilmiy loyihalarni amalga oshirish; oʻquv-uslubiy materiallar tayyorlash; talabalarning amaliy va kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish; mahalliy va xalqaro hamkorlikni kengaytirish.
3. Kafedra tarkibi va kadrlar salohiyati
Jami xodimlar: 11 nafar; professorlar: 1 ; PhD: 2 ; katta oʻqituvchilar: 4 ; oʻqituvchilar: 4.
35 yoshgacha: 2 ; 60 yoshgacha: 5 ; 60 yoshdan yuqori: 1. Erkaklar: 8 ; ayollar: 3. Ilmiy salohiyat: 22 %.
4. Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar
Bakalavriat: Futbol, Basketbol, Gandbol, voleybol
Magistratura: yoq
Doktorantura (PhD, DSc): yoq
5. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat
Ilmiy loyihalar: 1 ta. Xoʻjalik shartnomalari: 8 ta; umumiy qiymati: 170 mln soʻm.
6. Ilmiy natijalar va nashrlar
Oʻquv qoʻllanmalar: 28; darsliklar: 8; monografiyalar: 4; ilmiy maqolalar: 100.
OAK: 50 ta; Scopus: 2 ta; Web of Science: 2 ta.
7. Xalqaro hamkorlik
Hamkor xorijiy OTMlar: 2 ta. Qoʻshma tadqiqotlar: yoq.
8. Talabalar faoliyati
Talabalar umumiy soni: 526 nafar. Talabalar klublari: 4 ta sport klubli mavjud
Soʻnggi 3 yilda olimpiada/tanlov gʻoliblari: __ nafar; xalqaro anjuman ishtirokchilari: 2 nafar.
Stipendiya sohiblari: 2 nafar. Bitiruvchilarning ish bilan taʼminlanish darajasi: 90 %.
2026-yilda Sportda erishilgan yutuqlar. 12 ta xalqaro 110 ta respublikkada gʻolib va sovrindor boʻlgan.
9. Infratuzilma va moddiy-texnika bazasi
Auditoriyalar: 12 ta; Kutubxona fondi: 300 ta adabiyot.
Jismoniy tarbiya va sport o’yinlari kafedrasi professor o'qituvchilarining xalqaro ilmiy profillari haqida ma'lumot
Doniyorov G'ayrat
Yo'ldoshevich
O‘qituvchi
Xaqnazarov Qurbon
Qo’shayevich
Katta o‘qituvchi
Hakimova Muqaddas
Hasanovna
Xakimova Nargiza
Uralovna
Amonturdiyev Otabek
Kurbonovich
Katta o’qituvchi
Tulaganov Rustam
Xudoyqulovich
Pedagogika bo’yicha bo'yicha nomzod (Pfn), katta o‘qituvchi
Shaymardanov Ravuf
Narzullayevich
Tashmuratov Farrux
Yerixonovich
Berdiyeva Xurshida
Karimovna
Pedagogika bo’yicha falsafa fanlari doktori (PhD),katta o‘qituvchi
Raxmonov Shuxrat
Yusupovich
Qurbonmurodov Egamberdi
XXX