Texnika fanlari doktori, professor
Maqsad va asosiy vazifalar. Maqsad: zamonaviy analitik kimyo va instrumental tahlil usullarini ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot jarayonlariga integratsiya qilish, xalqaro standartlar asosida raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, fundamental hamda amaliy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish, ekologik, oziq-ovqat, tabiiy va texnik obyektlarning kimyoviy tahlilini takomillashtirish, mahalliy va xalqaro ilmiy-ta’limiy hamkorlikni kengaytirish.
Kafedra tarkibi va kadrlar salohiyati. Jami xodimlar: 10 nafar; professorlar: 1; dotsentlar: 4; DSc: 2; PhD: 6; katta oʻqituvchilar: 1; oʻqituvchilar:1.
35 yoshgacha: 5; 60 yoshgacha: 2; 60 yoshdan yuqori: 3. Erkaklar: 9; ayollar: 1. Ilmiy salohiyat: 80 %.
Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar
Bakalavriat: 60530100-Kimyo (turlari bo‘yicha), 60530100-Kimyo (oziq ovqat mahsulotlari kimyosi)
Magistratura: 70530101-Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha)
Doktorantura (PhD, DSc):02.00.02-Analitik kimyo (DSc), 02.00.02-Analitik kimyo (PhD)
Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat
Asosiy ilmiy yoʻnalishlar: Analitik kimyo kafedrasi zamonaviy instrumental va raqamli analitik usullarni rivojlantirish, ekologik va oziq-ovqat obyektlarining xavfsizligini monitoring qilish, sensor va biosensorlar hamda nanonalitik texnologiyalarni yaratish, yashil va barqaror tahlil metodlarini ishlab chiqish, kimyometriya va sun’iy intellekt asosida analitik ma’lumotlarni qayta ishlash hamda bioanalitik va sanoat analitikasi uchun innovatsion yechimlarni amaliyotga joriy etishga qaratiladi.
Ilmiy loyihalar: 4 ta. Xoʻjalik shartnomalari: 10 ta; umumiy qiymati: 3200000000 mln soʻm.
Ilmiy laboratoriya/markaz: 4/1
Ilmiy natijalar va nashrlar
Oʻquv qoʻllanmalar: 20; darsliklar: 10 ; monografiyalar: 30 ; ilmiy maqolalar: 1027.
OAK: 842 ta; Scopus: 120 ta; Web of Science: 65 ta.
Xalqaro hamkorlik
Hamkor xorijiy OTMlar: 9 ta. Qoʻshma tadqiqotlar: 1 ta.
Akademik almashinuv: oʻqituvchilar 3 nafar, talabalar 30 nafar.
Asosiy hamkorlar: Al Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog'iston davlat universiteti, Belorus milliy fanlar akademiyasi fizik-organik kimyo instituti,
Talabalar faoliyati
Talabalar umumiy soni: 180 nafar. Talabalar klublari: 5
Soʻnggi 3 yilda olimpiada/tanlov gʻoliblari: 50 nafar; xalqaro anjuman ishtirokchilari: 14 nafar.
Stipendiya sohiblari: 3 nafar. Bitiruvchilarning ish bilan taʼminlanish darajasi: 98 %.
Infratuzilma va moddiy-texnika bazasi
Auditoriyalar: 50 ta; oʻquv laboratoriyalari: 10 ta; ilmiy laboratoriyalar: 4 ta; kompyuterlar: 40 ta. Kutubxona fondi: 1000 ta adabiyot; multimedia vositalari: 20 ta.
Analitik kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy-tadqiqot, innovatsion faoliyat hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarida tizimli va izchil ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, kafedra professor-o‘qituvchilari ilmiy salohiyatini amaliyot bilan uyg‘unlashtirgan holda, 2025-yil 1-iyundan 2027-yil 31-maygacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan umumiy qiymati 1 597 734 000 so‘mlik AL-9224104486-sonli “Kompleks hosil qiluvchi polifunksional ionitlar olish va ularni sanoat chiqindi suvlarini metall ionlaridan tozalashda qo‘llash” mavzusidagi amaliy loyiha, 2024-yil 1-iyuldan 2028-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan umumiy qiymati 2 704 401 500 so‘mlik FL-8323102103-sonli “Yangi avlod yarimo‘tkazgichli tandem quyosh elementlari va ularning samaradorligini cheklovchi elektron-kovak tashish jarayonlari” mavzusidagi fundamental loyiha hamda 2024-yil 1-maydan 2026-yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan umumiy qiymati 1 474 024 800 so‘mlik FL-7923051854-sonli “Tabiiy xomashyolar asosidagi yangi ultra- va nanofiltratsion membranalar” mavzusidagi fundamental loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Mazkur loyihalar doirasida yaratilayotgan ilmiy ishlanmalar va olingan natijalar zamonaviy analitik, fizik-kimyoviy hamda texnologik yondashuvlar asosida amaliyotga yo‘naltirilib, respublikamiz ishlab chiqarish korxonalarida joriy etilmoqda hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasining muhim natijasi sifatida muayyan ilmiy-amaliy va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlamoqda.
Kafedraning ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish va tijoratlashtirish borasidagi faoliyati ham salmoqli natijalarga ega. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 1–2-iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar hamda kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 30-sonli yig‘ilish bayonnomasi qaroriga muvofiq, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan 5 ta ilmiy ishlanma tijoratlashtirilib, ularning amaliy natijalari Oltinsoy tumanidagi “Yoshlar innovatsion ishlab chiqarish zonasi” da tashkil etilgan ishlab chiqarish korxonalariga joriy etilgan hamda mazkur korxonalarda tegishli innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa kafedrada olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning nafaqat nazariy va fundamental ahamiyatga, balki real ishlab chiqarish ehtiyojlariga yo‘naltirilgan amaliy va iqtisodiy qiymatga ham ega ekanligini ko‘rsatadi.
Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati mazmun-mohiyati va ko‘lami yillar davomida shakllangan ilmiy maktab va tajriba negizida yanada boyib, yangi ilmiy yo‘nalishlar bilan izchil to‘ldirib borilmoqda. Xususan, professor-o‘qituvchilar tomonidan IDK-6, OT-F3-081, A-12-FQ-17926, F-7-28, OT-F7-34, PZ-20170926176, BT-I-101 hamda A-OT-2021-22 raqamli jami 8 ta davlat ilmiy grant loyihalariga rahbarlik qilinib, fundamental va amaliy tadqiqotlarning rivojlanishiga munosib hissa qo‘shilgan.
Kafedraning ilmiy salohiyati nafaqat yangi ilmiy natijalar yaratish va ularni ishlab chiqarish amaliyotiga tatbiq etishda, balki mamlakatimiz uchun yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash jarayonida ham yorqin namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy rahbarligida 15 nafar fan doktori (DSc), 45 nafar fan nomzodi va falsafa doktori (PhD), 10 nafar Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyasi sohibi, 2 nafar “Yurt kelajagi” Respublika yoshlar tanlovi g‘olibi hamda 1 nafar “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sohibasi yetishib chiqqan. Bu esa kafedrada shakllangan ilmiy muhit, ustoz-shogird an’analari va ilmiy maktabning izchil davom etayotganidan dalolat beradi. Ayni paytda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 12 nafar tayanch doktorant va 5 nafar doktorantga ilmiy rahbarlik qilinib, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, tadqiqot natijalarini zamonaviy ilmiy talablarga muvofiq rivojlantirish hamda yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Shu jihatdan, Analitik kimyo kafedrasining ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyati ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasiga tayangan holda, yangi ilmiy g‘oyalarni amaliy natijalarga aylantirish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish, shuningdek, kelajak avlod ilmiy-pedagogik kadrlarini tayyorlashga xizmat qilayotgan samarali va istiqbolli ilmiy maktab sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Analitik kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilarining Scopus va Web of Science bazalaridagi Orcid, ID raqamlari va H-index lari
№
F.I.SH
Orcid raqami
Scopus
ID raqami
Web of Science
H-index
1
Turaev Khayit Khudainazarovich
0000-0002-0627-5449
57255755000
IUP-6571-2023
7
11
2
Alimnazarov Bekmurod Khurramovich
0000-0001-6226-4069
57224176997
JUF-5068-2023
3
5
Normurodov Bakhtiyor Abdullayevich
0009-0003-3077-4584
58717645000
DJZ-5322-2022
4
Suyunov Jabbor Ro'ziboyevich
0000-0003-0321-3274
58688462700
KLZ-3512-2024
Tillaev Kholmamat Rakhmonovich
0009-0002-6150-4547
58209338900
LRL-0183-2024
6
Jumaeva Zulkhumor Ergashyevna
0009-0007-2715-0251
58209778800
KSS-5921-2024
Akhatov Alisher Ashur o‘g‘li
0009-0001-4186-162X
59418134400
MGQ-8591-2025
8
Boltaev Nurmukhammad Suyunovich
0009-0008-1377-6883
-
9
Zikirov Salokhiddin Aliqul o‘g‘li
0009-0008-6863-7610
58924452000
KUF-0508-2024
0
10
Uralov Nuriddin Bekmurodovich
0009-0002-1274-1255
59092652300
MGM-2664-2025
To'rayev Hayit
Xudaynazarovich
Kimyo fanlari doktori (DSc), professor, kafedra professori
Tillayev Holmamat
Rahmonovich
Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, kafedra dotsenti
Suyunov Jabbor
Ro'ziboyevich
Jumayeva Zulhumor
Ergashevna
Texnika fanlari nomzodi, dotsent, kafedra dotsenti
Ahatov Alisher
Ashur o'g'li
Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), kafedra katta o‘qituvchisi
Alimnazarov Bekmurod
Xurramovich
Uralov Nuriddin
Bekmuradovich
Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), kafedra ilmiy darajaga ega o‘qituvchisi
Boltayev Nurmuhammad
Suyunovich
Kafedra katta o‘qituvchisi
Zikirov Salohiddin
Aliqul o'g'li
Kafedra o‘qituvchisi